Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida
Paxtakor tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda Paxtakor pedagogika kolleji bilan hamkorlikda Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalari bo‘yicha ilgari surilgan 5 muhim tashabbusni amalga oshirish yuzasidan ko‘rgazmali taqdimot, seminar-trening tashkil etildi.



Jizzax viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi hamda Paxtakor tuman xokiligi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda, maktabgacha ta'lim vazirligidan vakillar, ota-onalar, o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishdi.



Murg‘ak qalblarni kichikligidanoq sportga, san'atga, til o‘rganishga va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish borasida olib borilayotgan turli tadbir va seminarlar kelajakda o‘z samarasini beradi. Ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan seminar-trening negizida ham ana shunday ezgu maqsadlar borligi shubhasiz.
Jizzax viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi
Mavzuga oid
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15:20 / 02.12.2025
Prezident Jizzaxda yangi tibbiyot klasterining dastlabki bosqichi bilan tanishdi
11:04 / 02.12.2025
Shavkat Mirziyoyev “Afrosiyob” poyezdida Jizzax viloyatiga yo‘l oldi
21:36 / 25.11.2025