Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning kirish, chiqish va tranzit vizalari ro‘yxati tasdiqlandi
Foto: Shutterstock
O‘zbekiston Respublikasining kirish, chiqish va tranzit vizalari (elektron bo‘lmagan) toifalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Qayd etilishicha, kirish vizalari, qoidaga ko‘ra, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma'lum toifadagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga kirish vizalari uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish vizalarini berish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun xorijiy fuqarolardan:
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda konsullik yig‘imlari, shuningdek, konsullik ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni qoplash hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va konsullik muassasalari boshliqlari yoki O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari boshliqlari tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorda yig‘imlar undiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi.

Mavzuga oid
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
13:16 / 06.01.2026