Aktrisa Gavhar Sharipova vafot etdi
O‘zbek kinosining yosh vakillaridan biri, aktrisa Gavhar Sharipova 18 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida yuz bergan avtohalokat natijasida vafot etdi.
“O‘zbekkino” xabar berishicha, ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Gavhar Sharipova 1980 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent Davlat san'at instituti (hozirgi O‘zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti)ni drama-teatr va kino aktyorligi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat ko‘rsatgan. G.Lessingning “Donishmand Natan” spektaklida Rexa rolini mahorat bilan ijro etgan.
Gavhar o‘zbek kinosida ham o‘zining bir qator takrorlanmas obrazlari bilan tomoshabinlar yodida qoldi. “Alpomish” (2001) filmida Qaldirg‘och, “Aldangan ayol” (2011) filmida Mastura, “Opa-singillar” (2010) teleserialida Nafisa singari qahramonlarni gavdalantirdi. U qator filmlarga ovoz berib, dublyaj san'atida ham o‘z imkoniyatlarini namoyon etdi.
U nafaqat aktrisa, balki shoira ham bo‘lib, she'rlar yozgan, uning she'rlari bir necha xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib kuylangan.
Kun.uz marhumaning yaqinlariga ta'ziya bildiradi.
Mavzuga oid
11:17 / 07.12.2024
Halima Ibragimova vafot etdi
14:46 / 30.05.2024
Rossiyalik aktrisa Anastasiya Zavorotnyuk vafot etdi
22:52 / 26.11.2020
AQSh nashri XXI asrning eng yaxshi aktyor va aktrisalari ro‘yxatini e'lon qildi
00:38 / 06.01.2020