Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp iroqliklarni Eronga qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp iroqliklarni Eronga qarshi qo‘zg‘alishga chaqirdi. U o‘zining Twitter sahifasida iroqliklarga murojaat bilan chiqdi.
"Ozodlikka tashna, Eron nazorati ostida bo‘lishni istamayotgan millionlab iroqliklar, sizlarning vaqtingiz keldi!" – dedi AQSh prezidenti o‘z murojaatida.
Avvalroq Bag‘doddagi AQSh elchixonasi binosi yaqinida yuzlab namoyishchilar Amerikaning Iroqdagi diplomatik missiyasi yopilishini va mamlakatdan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini talab qilayotganligi xabar qilingandi.
Donald Tramp ushbu tartibsizliklar ortida Eron turgani haqida bayonot bergandi.
"Endi Eron AQShning Iroqdagi elchixonasiga hujum tashkillashtirdi. U buning uchun to‘laligicha javobgar", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Norozilik namoyishlari AQSh harbiylari Iroq va Suriyadagi shia harbiy guruhlari obektlariga zarba berishganidan keyin boshlandi.
Shialar guruhi zarbalar oqibatida 25 kishi halok bo‘lgani va 51 kishi jarohatlanganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026
Iroqdagi Eron kurd muxolifati shtabiga dron zarba berdi
11:22 / 05.03.2026