Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tan olingan soliq qarzi sud orqali majburiy undiruvga qaratilmaydi - DSQ
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzdorligini undirish sud tartibida amalga oshiriladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzdorligi tan olinsa, soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) qaroriga binoan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning mulki hisobidan soliq qarzi undirilishi mumkin (123-modda).
Ushbu kiritilgan yangi norma hisobiga soliq to‘lovchilarga sudlarga ariza kiritish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar, (davlat boji, pochta xarajati), soliq organi va soliq to‘lovchi vakilining sud jarayonida ishtirok etish, shuningdek sud idoralarining nizo bo‘lmagan ishlarni ko‘rish uchun qo‘shimcha vaqt sarflashi oldi olinadi.
Natijada, sud idoralari tomonidan boshqa nizoli ishlarni sifatli ko‘rib chiqish imkoni yaratiladi.
Ma'lumot uchun: 2018 yilda sudlar tomonidan soliq qarzini majburiy undiruvga qaratish to‘g‘risida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha 55,6 mlrd so‘m davlat boji undirilgan.
Mavzuga oid
11:49 / 11.09.2025
Yoshlarga foizsiz qarz beriladi
12:29 / 26.08.2025
Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzlar onlayn hisobdan chiqariladi
11:40 / 23.07.2025
Senat chiqindidan qarz sabab elektrga to‘lov qilolmaslik mexanizmini tanqid ostiga oldi
11:49 / 12.07.2025