Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusga qarshi samarali vaksina ishlab chiqilgani ma'lum qilindi
Xitoyda koronavirusga qarshi samarali vaksina ishlab chiqildi. Biroq uni hali sinovdan o‘tkazish va oxirigacha yetkazish kerak.
Foto: Getty Images
Bu haqda Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey ma'lum qildi.
“Xitoyda koronavirusga qarshi immunitet ko‘rsatuvchi vaksina ishlab chiqildi. Biroq bu boshlanishidir, uni hali sinovdan o‘tkazish va oxirigacha yetkazish kerak”, deb aytgan elchi.
U, shuningdek, koronavirusni davolashda samarali dori vositalari topilganini ma'lum qilgan.
“Amaliyotning ko‘rsatishicha, Xitoy dorilari samarali ta'sir ko‘rsatmoqda. Dorilar qo‘llangan barcha holatda birorta og‘irlashish holati bo‘lmagan. Xitoy dorilarining umumiy samaradorligi 85 foizdan, ba'zi joylarda 90 foizdan ko‘proqni ko‘rsatmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan diplomat.
Chjan Xanxueyning ta'kidlashicha, Xitoyda koronavirusga qarshi samarali ta'sir qiluvchi ancha yildan beri qo‘llanuvchi dori topilgan. Bu bir necha o‘n yillardan beri bezgakka qarshi qo‘llanuvchi xloroxina fosfatdir.
“Shuningdek, sobiq ittifoqda ishlab chiqarilgan yana bir eski dori bor. Hozircha shu ikki dori samarali hisoblanmoqda. Koronavirusni yengishning eng samarali usuli – Yevropa tibbiyotini Xitoy tibbiyoti bilan birgalikda qo‘llashdir”, deb qo‘shimcha qilgan elchi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
10:18 / 04.08.2025
YeK COVID-19'ga qarshi vaksinalar xaridi ma’lumotlarini ochiqlashdan bosh tortdi
21:02 / 24.07.2025