Jahon | 17:00 / 04.03.2020
7047
1 daqiqa o‘qiladi

Belarusda koronavirusga chalinganlar soni olti kishiga yetdi

Seshanba kuni kechqurun to‘rt kishi koronavirusga chalingani xabar qilingan, yana ikki kishi koronavirus yuqtirishda gumon qilinayotgani aytilgandi.

Foto: slonves.by

Belarusda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yana ikkita holat tasdiqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Seshanba kuni kechqurun to‘rt kishi koronavirusga chalingani xabar qilingan, yana ikki kishi koronavirus yuqtirishda gumon qilinayotgani aytilgandi. Tekshiruvlarda ularning kasallikka chalingani tasdiqlandi.

Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan zararlanishning 93 198 holati qayd etilgan, 3215 kishi virus qurboniga aylangan - o‘lim holatlarining aksari Xitoy hududida.

Xitoy hukumati mamlakat bo‘ylab o‘z fuqarolari harakatlanishida qat'iy cheklovlar o‘rnatgan.

Mavzuga oid