Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda «Neksiya» va traktor to‘qnashdi, ikki kishi halok bo‘ldi
Nukusda “Neksiya” va traktor ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 9 mart kuni soat 09:00larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, "Telesentr" OFY hududidan o‘tgan ichki avtomobil aylanma yo‘lida haydovchi K.X. “FN 953 LOBOL” rusumli traktorni boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu yo‘nalishda uning ortidan harakatlanib kelayotgan haydovchi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida traktorga borib urilgan.
Natijada, “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Yong‘in chiqishi oqibatida “Neksiya” avtomashinasi yonib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, vafot etgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
13:38 / 24.01.2026
Toshkentda ko‘prik ustida ikkita avtomobil to‘qnashdi
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026