Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda YTH natijasida yana bir inson bevaqt vafot etdi
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 24 mart kuni soat 02:30da Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 6-km.da “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida haydovchi F.M. “Kobalt” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi Sh.Q. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilishi natijasida YTH sodir bo‘lgan.
Natijada, “Kobalt” rusumli transport vositasining yo‘lovchisi A.A. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganingizda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026