Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 104 yoshli urush faxriysi koronavirusdan tuzaldi
AQShning Oregon shtatida yashovchi 104 yoshli qariya, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi Bill Lapschis koronavirus keltirib chiqargan kasallikdan sog‘ayib ketdi.
Foto: AP
Fox News telekanalining ma'lum qilishicha, Lapschis 104 yoshini joriy hafta boshida qarshilagan. Ta'kidlanishicha, u koronavirusdan sog‘aygan dunyodagi eng keksa odam bo‘lishi mumkin.
Qariya Lebanon shahridagi qariyalar uyida koronavirusga chalingan 15 kishidan biri bo‘lgan. Bu qariyalardan 2 nafari joriy haftada vafot etgan.
Avvalroq Xitoyda 103 yoshli Chjan Guanfen ismli ayol koronavirusdan sog‘ayib ketgani ma'lum qilingandi. Ayol shifoxonada 6 kunlik davolashdan o‘tgach, uyiga javob berilgan.
Mavzuga oid
09:21
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
08:51 / 30.12.2025
Tramp: AQSh ilk bor Venesuela hududiga zarba berdi
19:42 / 29.12.2025