Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda mashinist poyezd bilan «shubhali» kema-gospitalga shikast yetkazmoqchi bo‘ldi
Los-Anjyelesda poyezd mashinisti koronavirusga qarshi kurashda qo‘llanmoqchi bo‘layotgan USNS Mercy kema-gospitaliga zarar yetkazmoqchi bo‘ldi.
Foto: EPA
Bu haqda ABC7 telekanali ma'lum qildi.
Voqea 31 mart kuni yuz bergan. Prokurorlarning ta'kidlashicha, 44 yoshli mashinist Eduardo Moreno Los-Anjyeles porti yaqinida Pacific Harbour Line kompaniyasiga tegishli poyezdni katta tezlikda harakatlantirib, u bilan kemaga shikast yetkazishga uringan.
Tarkib relslardan chiqib ketib, sohilda turgan kemadan 200 metr berida to‘xtagan. Voqea vaqtida hech kim jabrlanmagan.
Erkak so‘roq qilinganda u ataylab poyezdni tezlashtirib, portdagi to‘siqlarni yorib o‘tganini tan olgan. Uning aytishicha, u “shubhali” kemaga zarba bermoqchi bo‘lgan.
Los Angeles Times nashrining yozishicha, mashinist o‘z harakatlari bilan jamoatchilik va OAV e'tiborini kemaning “asl maqsadi”ga qaratmoqchi bo‘lgan.
Uning fikricha, “kema-gospitalning koronavirus bilan bog‘liq aytilayotgandan o‘zga yoki hokimiyatni egallab olish maqsadi bor”.
“Odamlar bu yerda nima yuz berayotganidan bexabarlar. Endi esa biladilar. Bu juda qiziq bo‘ldi. Menda bir imkoniyat bor edi va men undan unumli foydalana oldim”, deb aytgan mashinist.
Moreno poyezdni ataylab relslardan chiqarishda ayblangan.
Ta'kidlanishicha, FQB mashinistning ekstremistik guruhlar bilan aloqalari bor-yo‘qligini tekshira boshlagan.
Mavzuga oid
09:21
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
08:51 / 30.12.2025
Tramp: AQSh ilk bor Venesuela hududiga zarba berdi
19:42 / 29.12.2025