Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 mln 854 mingdan oshdi
Kasallik yuqtirish va o‘lim holatlari bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda: mamlakatda 22 109 kishi vafot etgan, kasallikka chalinganlar soni 557 ming 590 kishini tashkil etmoqda.
Foto: EPA/Vostock-photo
13 aprel soat 14.30 holatiga dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 mln 854 ming 464 kishiga yetdi, qurbonlar soni 114 ming 331 kishini tashkil etdi. Bu haqda infeksiya tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilayotgan Jons Hopkins universiteti ma'lum qildi.
Kasallik yuqtirish va o‘lim holatlari bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda: mamlakatda 22 109 kishi vafot etgan, kasallikka chalinganlar soni 557 ming 590 kishini tashkil etmoqda.
Ispaniyada bemorlar soni 166 ming 831taga, vafot etganlar soni 17209taga, Italiyada 156 ming 363taga (vafot etganlar (19 ming 899 kishi), Fransiyada - 133 ming 672taga (14 ming 412 kishi vafot etdi), Germaniyada 127 ming 854taga (3022 kishi vafot etgan) yetdi.
Xitoyda bir sutka ichida kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 108ta yangi holat qayd etildi, 98 kishi chetdan kelganlar, 10 kishi mamlakat ichida kasallikka chalingan.
Mamlakatda 2019 yil dekabrdan buyon 3341 kishi vafot etgan, kasallikka chalinganlar soni 83 ming 105 kishini tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025