Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya prezidenti mamlakat chegaralarini bir yil ochmaslikni taklif qildi
Chexiya prezidenti Milosh Zeman fuqarolarning xorijga chiqishiga taqiqlovni yana bir yilga uzaytirish zarurligini aytdi.
Foto: Darko Vojinovic / AP
Zeman bunday taklifni mahalliy radiostansiyalardan biriga intervyusida bildirgan, deb xabar berdi Ceske Noviny nashri.
Chexiya prezidentining fikricha, fuqarolar xorijga bormasliklari lozim, yozgi ta'tillar vaqtida esa “Chexiya manzaralaridan bahramand bo‘lganlari” ma'qulroq. Zeman shaxsan o‘zi Chexiya janubidagi o‘lkaga dam olgani borishini aytgan.
Uning fikricha, chegaralarning ochilishi odamlarning koronavirusdan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga borishlariga olib keladi, bu esa mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni yana yomonlashtirishi mumkin.
Zeman sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytexning cheklovlarni qisman bekor qilish va chexlarga koronavirusdan kasallanish darajasi past bo‘lgan davlatlar – Slovakiya yoki Xorvatiyaga borishlariga ruxsat berish taklifiga shu tarzda munosabat bildirgan. Chexiya prezidenti bu masala may oyidan oldinroq ko‘tarilmasligini ta'kidlab o‘tgan.
O‘z navbatida mamlakatdagi turistik firmalar hukumatdan chegaralarning taxminiy ochilishi muddatini aytishni iltimos qilishgan. Chexiya turistik uyushmasi vitse-prezidenti hukumat fuqarolarga Bolgariya, Gretsiya, Tailand, Vetnam va Maldiv orollariga borishga ham ijozat berishi mumkinligini aytgan.
Chexiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar 6700 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 186 kishi vafot etgan. Chexiyada epidemiyaning eng yuqori darajasi mart oxiri—aprel boshiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda mamlakatda kuniga 300dan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan.
Mavzuga oid
13:28 / 16.12.2025
Chexiyada populist Babish hukumati qasamyod qildi
16:16 / 10.12.2025
Andrey Babish yana Chexiya bosh vaziri bo‘ldi
12:09 / 05.12.2025
Chexiya prezidenti Andrey Babishni bosh vazir etib tayinlaydi
21:08 / 20.11.2025