Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusdan xoli mamlakatlar ro‘yxati tuzildi
Ma'lumot berilishicha, shu kunga qadar 15ta mamlakat va 11ta aholi doimiy yashaydigan hududda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan.
Foto: iStock
Daily Mail nashri koronavirusdan xoli mamlakatlar va aholi doimiy yashaydigan hududlar ro‘yxatini tuzdi.
Gazetaning ma'lumot berishicha, shu kunga qadar 15ta mamlakat va 11ta aholi doimiy yashaydigan hududda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan. Bu ro‘yxatdan Komor orollari, Kiribati, Lesoto, Marshall orollari, Mikroneziya Federativ Shtatlari, Nauru, Palau, Sulaymon orollari, Tojikiston, Tonga, Turkmaniston, Tuvalu, Vanuatu va Shimoliy Koreya joy oldi.
Pitkern, Avliyo Yelena, Ko‘tarilish va Tristan-da-Kunya orollari (Buyuk Britaniya) , Amerika Samoasi (AQSh), Uollis va Futuna orollari (Fransiya), Shpitsbergen (Norvegiya), Rojdestvo va Norfolk, Kokos orollari (Avstraliya), Niue, Tokelau, Kuk orollari (Yangi Zelandiya) koronavirus yetib bormagan aholi doimiy yashaydigan hududlar deb topildi.
Shu bilan birga, ayrim davlatlar kasallikka chalinish bilan bog‘liq holatlar haqida shunchaki xabar qilmayapti deb hisoblanmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada 10 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingani holda, Shimoliy Koreya mamlakatda hech kim koronavirus yuqtirmaganligini ta'kidlab kelmoqda. Tojikiston esa kasallik tarqalish o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy bilan chegaradosh.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bu kasallikka chalinganlar soni 2,6 milliondan oshgan, 182 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025