Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zominda 4 yoshli bola YTH oqibatida vafot etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Foto: Tergov departamenti
2020 yilning 19 aprel kuni soat 07:20da Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi 28 yoshli B.U. "VAZ-21063" rusumli avtomashinasini Zomin tumanidan o‘tuvchi 4R-34 avtomobil yo‘lining 49-kilometrida haydab ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan, 4 yoshli S.U.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada voyaga yetmagan S.U. olgan tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramasdan vafot etgan.
Holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026