Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York gubernatori koronavirus shtatga qayerdan kirib kelganini ma'lum qildi
Endryu Kuomoning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan ikki oy ichida Yevropadan Nyu-York va Nyu-Jyersi aeroportlariga 2,2 mln kishi uchib kelgan, ularning aksariyati virus tashuvchisi bo‘lgani ehtimoli katta.
Foto: Getty Images
Nyu-York shtatiga koronavirus Xitoydan emas, Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan, deb ma'lum qildi shtat gubernatori Endryu Kuomo.
U AQSh Shimoli-sharqiy universiteti tadqiqotlari natijalarini e'lon qildi. Kuomoning so‘zlariga ko‘ra, shtatda koronavirus tarqalishi manbai Italiya bo‘lgan.
Gubernator Tramp 2 fevralda Xitoydan kirishga taqiq joriy etganini, ammo Yevropadan kirishga taqiq faqat martda, virus Qo‘shma Shtatlarda keng tarqalganidan keyingina joriy etilganini eslatdi.
"Biz Xitoy uchun kirish eshigini yopdik, bu to‘g‘ri bo‘ldi. Ammo orqa eshikni ochiq qoldirdik, chunki biz Xitoyga taqiqlarni kiritgan paytimizda virus allaqachon Xitoydan tashqariga uchib ketgandi", - dedi Kuomo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan ikki oy ichida Yevropadan Nyu-York va Nyu-Jyersi aeroportlariga 2,2 mln kishi uchib kelgan, ularning aksariyati virus tashuvchisi bo‘lgani ehtimoli katta.
"Biz Xitoyda kasallik avj olganidan ikki oy keyin harakatga keldik. Bu paytga kelib "ot otxonani tark etib bo‘lgandi", - dedi gubernator.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025