Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Formula-1»ning yangi mavsumi iyulda tomoshabinlarsiz boshlanishi mumkin
«Formula-1» avtopoygalarining yangi mavsumini iyulda ochish rejalashtirilmoqda. Poygalarning birinchi bosqichi Avstriyada 3-5 iyulda bo‘lib o‘tadi.
Foto: Formula1
Bu haqda Formula One Group boshqaruv raisi Cheyz Keri ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, ilk bor poygalar tomoshabinlarsiz o‘tadi.
“Biz Yevropada iyulda, avgustda va sentabr boshida poygalar o‘tkazmoqchimiz. So‘ngra sentabr, oktabr va noyabrda Yevrosiyo, Osiyo va Amerikadagi poygalarni kuzatamiz. Mavsumni Fors ko‘rfazida dekabrda Bahrayn bosqichi va Abu-Dabidagi final bilan yakunlaymiz”, deyilgan “Formula-1” saytida.
“Formula-1”ning yangi mavsumi boshlanishi koronavirus pandemiyasi sababli keyinga qoldirilgandi. Poygalarga egalik qiluvchi Liberti Media kompaniyasi jamoalar ko‘rgan katta zararlarni qisman qoplash uchun ularga 1,4 mlrd dollar ajratadi.
Mavzuga oid
22:01 / 09.12.2025
O‘zbekistonda «Formula-1» poygalari bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
18:33 / 21.09.2025