Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning shaxsiy yordamchisida koronavirus aniqlandi
AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy yordamchilaridan birida koronavirus aniqlandi.
Foto: Doug Mills/ EPA
CNN telekanalining xabar berishicha, koronavirus Trampning shaxsiy kamerdineri vazifasini bajaruvchi AQSh harbiy-dengiz kuchlari xizmatchisida aniqlangan.
Ma'lum qilinishicha, AQShda kamerdinerlar nufuzli harbiy qism a'zolari hisoblanib, prezident oilasiga yaqin ishlaydilar.
Tramp o‘z yordamchisida koronavirusga test musbat natija bergani haqidagi xabardan ko‘ngli xira bo‘lgan.
“Prezident va vitse-prezidentning virusga testlari manfiy natija berib kelmoqda, ular sog‘lomlar”, deyilgan xabarda.
Koronavirus epidemiyasi vaqtida AQSh prezidenti, vitse-prezident Mayk Pens va Oq uy ma'muriyatining yetakchi xodimlari muntazam ravishda koronavirusga test topshirmoqdalar.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025