Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: O‘zbek hamshirasi koronavirusga qarshi kurashdan keyin
Ayni paytda O‘zbekistonda 50 mingdan ziyod hamshira koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashga jalb etilgan.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 12 may - Xalqaro hamshiralar kunida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ishtirok etayotgan hamshiralardan biri haqida ma'lumot berdi.
«O‘z ishida ham, oila va jamiyatda ham faol va tashabbuskor hamshiralarimizga qancha ehtirom ko‘rsatsak arziydi. Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi qahramonlarcha kurashayotgan 50 ming nafardan ziyod hamshiralar faoliyati alohida tahsinga loyiq.
Ana shunday fidoyi hamshiralardan biri, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi xodimi Fotima Xusanovadir. Ko‘p yillik tajribaga ega hamshira o‘tgan bir oy ichida 43 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘ayishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
Fotimaning yuzida yangidan hosil bo‘lgan chandiqlar ham o‘z kombinezonini yechmasdan, hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, kunni tunga ulab, qilgan mashaqqatli va matonatli mehnatining natijasidir», deyiladi xabarida.
«Shunday olijanob kasbni tanlaganimdan faxrlanaman, bu qiyinchilik, sinovlar ortda qolyapti, lekin hamkasblarim bilan qisqa vaqt ichida koronavirusga chalingan o‘nlab bemorlarning sog‘ayishi, ularning o‘zi va oilalarining quvonchiga sabab bo‘lyapmiz. Biz uchun odamlarimizning sog‘lom va xushkayfiyatda yurishidan-da ortiq baxt yo‘q», deydi Fotima Husanova.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
11:19 / 24.07.2025