Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 may kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq, ba'zi joylarda 25 daraja issiqqacha bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba'zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:47 / 30.12.2025
6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:42 / 29.12.2025
Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – O‘zgidromet
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025