Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi YTHda haydovchilardan biri vafot etdi, ikkinchisi tan jarohati oldi
YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 16 may kuni soat 18:20larda Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Qiyali MFY hududidan o‘tgan 4R-112 “Farg‘ona halqa yo‘li”ning 114-km.da yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1961 y.t. E.R. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini me'yoridan oshirgan holatda boshqarayotib, oldindagi avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1994 y.t. B.M. (erkak) boshqaruvidagi “VAZ-2102” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
To‘qnashuv natijasida, “VAZ-2102” rusumli transport vositasi haydovchisi, 26 yoshli B.M. shifoxonada vafot etgan. “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi, 59 yoshli E.R. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Baliqchi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026