Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp koronavirusdan qanday dori bilan himoyalanayotganini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘plab amerikaliklar, jumladan uning o‘zi koronavirusdan himoyalanish uchun bezgakka qarshi dori vositasi - gidroksixloroxin qabul qilayotgani haqida so‘zlab berdi.
Foto: Reuters
U Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda dori vositasini 2 haftadan beri kuniga bir mahaldan qabul qilayotganini ma'lum qilgan va shifokorlar hamda koronavirusga chalinish xavfi yuqori bo‘lgan joylarda ishlaydigan odamlar ham uni qabul qilayotganlarini qo‘shimcha qilgan.
Trampning aytishicha, u gidroksixloroxinni ushbu dori to‘g‘risida ko‘plab ijobiy fikrlar eshitganidan keyin qabul qilishga qaror qilgan. AQSh prezidentining ta'kidlashicha, u Oq uy shfokorlaridan bu dorini qabul qilishi mumkinligi haqida so‘raganda, ular e'tirozlari yo‘qligini aytishgan.
Tramp, shuningdek, har kuni koronavirusga test topshirayotgani va natijalar manfiy chiqayotganini ta'kidlab o‘tgan. AQSh prezidenti unga gidroksixloroxindan voz kechishga imkon beruvchi boshqa dori vositasi tez orada ishlab chiqilishiga umid bildirgan.
Mart oyida Tramp gidroksixloroxin va koronavirusdan davolashda qo‘llanuvchi azitromitsin antibiotigini “tibbiyotdagi eng ulkan yutuqlardan biri” deb atagandi. Biroq gidroksixloroxinning AQSh va Braziliya shifoxonalarida qo‘llanishi sinov natijalari uning samaradorligi borasida shubhalar tug‘dirgan.
Gidroksixloroxin bezgakka qarshi dori vositasi bo‘lib, ko‘plab yillardar beri qo‘llab kelinadi. Oxirgi oylarda u ko‘plab davlatlarda koronavirusni davolashda qo‘llanmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025