Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi
Xususiy korxonaga qarashli bitum eritish basseynida yong‘in kelib chiqqan.
Bugun, 4 iyun kuni soat 04:12da poytaxtning Yashnobod tumanida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Parkent ko‘chasi 327-uyda joylashgan “Karvon Yo‘li” xususiy korxonasiga qarashli bitum eritish basseynida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida 600 kv.m maydonda eritma saqich (bitum) yongan.
Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 04:22da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 06:05da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
“Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sizlardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga hushyor bo‘lishingizni so‘rab qoladi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:39 / 22.01.2026
Zarafshonda savdo do‘konlarida yong‘in: 7 ta do‘kon zarar ko‘rdi
13:30 / 21.01.2026
Shayxontohur tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026