Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi yopildi
Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 8 mart ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining bir tomonida rekonstruksiya ishlari boshlandi.
Joriy yilning 8 iyun kuni soat 23:00dan Farg‘ona yo‘li va Kichiq halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 8 mart ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining bir tomonida rekonstruksiya ishlari boshlandi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shuningdek Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Muxtor Ashrafiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Jarqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasiga bo‘lgan oraliqdagi ko‘prikning bir tomonlama harakatlanish qismida ham rekonstruksiya ishlari bajariladi.


“Haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
12:40 / 22.01.2026
Toshkentning asosiy ko‘chalarida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda
10:20 / 22.01.2026
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02 / 21.01.2026