Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Isuzu va «Kamaz» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Joriy yilning 9 iyun kuni soat 14:00larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Tansiqboyev ko‘chasi bo‘ylab THAY ko‘chasi tomondan Beshqo‘rg‘on ko‘chasi tomonga haydovchi K.N. 18-avtosaroyga tegishli bo‘lgan Isuzu rusumli 31-yo‘nalishdagi avtobusni boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u Qoraqamish 2/4 mavzesi, “Tansiqboyev” bekati qarshisida bir yo‘nalishda, o‘zidan oldinda harakatlanayotgan haydovchi M.S. boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz” rusumli yuk transport vositasining orqa tomoniga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada, Isuzu avtobusi haydovchisi K.N. va uning chipta tarqatuvchisi, fuqaro A.F. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
21:19 / 13.02.2026
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
11:25 / 13.02.2026
Toshkent ko‘chalariga panjaralar qaytyapti. Ular xavfli bo‘lgani uchun olib tashlangandi
10:18 / 13.02.2026
Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi
08:33 / 13.02.2026