Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dasturxonga yashirilgan 235 million so‘mlik dorilar fosh etildi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro I.D. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli yengil avtomashina kuzatuvga olindi.
Shundan so‘ng, Quva hududida ushbu avtomashina to‘xtaganida, fuqaro A.X. qo‘lidagi dasturxonga o‘ralgan savat bilan avtomashina yoniga borib, avtomashinadan uzatilgan 1 dona qog‘oz qutini dasturxoni orasiga solganida tezkor guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Tekshiruv davomida, ushbu savatdagi qog‘oz qutida umumiy qiymati
235,2 million so‘mlik jami 7840 dona “Regapen 300mg” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025