Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya prezidentining koronavirusga topshirgan uchinchi testi musbat chiqdi
65 yoshli prezident Braziliya shtatlarida koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan cheklov choralarini tanqid qilib keladi.
Foto: REUTERS / Adriano Machado
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning koronavirusga topshirgan uchinchi testi musbat chiqdi. Bu haqda prezident ma'muriyatiga tayanib G1 portali xabar berdi.
"Prezident Jair Bolsonaru sog‘-salomat, shifokorlar kuzatuvida.. Prezident 21 iyul kuni topshirgan test musbat chiqdi", - deyiladi xabarda.
Braziliya rahbarida 7 iyul kuni kasallik aniqlangandi, u o‘shandan buyon o‘z qarorgohida izolyatsiyada bo‘lib turibdi.
Bolsonaru yakshanba kuni qarorgohida bir necha yuz nafar tarafdorlarini qabul qildi. 65 yoshli prezident Braziliya shtatlarida koronavirus tarqalishiga qarshi kiritilgan cheklov choralarini tanqid qilib keladi.
Mart oyida Bolsonaru koronavirusni "kichikroq gripp" deb atagandi.
Mavzuga oid
19:41 / 22.11.2025
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru hibsga olindi
13:51 / 03.09.2025
Jair Bolsonaru ustidan sud jarayoni yakuniy bosqichga kirdi
11:13 / 05.08.2025
Braziliya sobiq prezidenti Bolsonaru uy qamog‘iga olindi
22:28 / 15.07.2025