Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston bilan chegara hududdan xongul topildi
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegara hududida joylashgan Termiz tumani «Ayritom» mahallasidagi aholi xonadonlaridan biriga kirib qolgan Buxoro bug‘usi (xongul) Surxondaryo viloyat Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi. Bu haqida hayvonot bog‘i matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Foto: KUN.UZ
Ma'lum qilinishicha, hozirda bug‘u hayvonot bog‘i mutaxassislari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, maxsus oziqalar berilib parvarishlanmoqda.
Buxoro bug‘usi O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan bo‘lib, Surxondaryo viloyati, Payg‘ambar oroli va Amudaryo to‘qayzorlarida umumiy hisobda 60-70 boshni tashkil etishi taxmin qilinadi.
Yo‘q bo‘lib ketayotgan bu tur muhofazaga olingan va jonivorlarni ovlash taqiqlangan. Ularning umumiy yashash davri 25-30 yilni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:04 / 28.01.2026
Buxoro bug‘usini muhofaza qilish uchun populyatsiyaning bir qismini ko‘chirish taklif qilindi
14:29 / 30.12.2025
Termiz tumaniga yangi hokim tayinlandi
11:22 / 20.09.2025
Surxondaryoda sudya yordamchisi DXX tomonidan qo‘lga olindi
11:34 / 23.02.2025