Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlinda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda
Shahar markazidagi Unter-den-Linden ko‘chasida yetti mingga yaqin kishi to‘plangan.
Foto: Reuters
Berlinda minglab namoyishchilar koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarga qarshi norozilik bildirmoqda, deb xabar berdi Morgenpost nashri.
Nashrning ma'lumot berishicha, shahar markazidagi Unter-den-Linden ko‘chasida yetti mingga yaqin kishi to‘plangan bo‘lib, ularning aksariyati niqob taqmagan.
"Ko‘pchilik qoidalarga amal qilmayapti. Hamkasblarimiz ulardan qoidalarga rioya qilishni so‘ramoqda", - deb yozadi poytaxt politsiyasi tvitterda.
Xabar qilinishicha, namoyishchilar G‘alaba kolonnasi tomon harakatlanmoqda, u yerda miting o‘tkazish rejalashtirilgan.
Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 210 676taga yetgan, 9 154 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
15:07 / 18.12.2025
Berlinda dronlardan himoya qilish markazi ochildi
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
13:16 / 13.12.2025
Zelenskiy Berlinda YeIdagi ittifoqchilar bilan muzokaralarni davom ettiradi
10:16 / 03.11.2025