12:12 / 15.08.2020
12760

Surxondaryoda yuk mashinasida sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma'lumot berildi

Hodisa oqibatida yuk avtomobilining salon qismi va ikkita old shinalari yong‘indan zararlangan. 

Foto: FVV matbuot xizmati

2020 yil 14 avgust kuni soat 12:59larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani M-41 yo‘lining 1515-km.da harakatlanib ketayotgan, MChJga qarashli, 2019 yilda ishlab chiqarilgan oq rangli HOWO A-7 rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in joyiga Sho‘rchi tumani FV bo‘limining 22-YoQQdan 2 ta yong‘in o‘chirish jangovar ekipaji soat 13:05da yetib borib, soat 13:12da uni o‘chirgan.

Hodisa oqibatida yuk avtomobilining salon qismi va ikkita old shinalari yong‘indan zararlangan. Ko‘rilgan sa'y-harakatlar natijasida yuk avtomobilining tirkamasi yong‘indan saqlanib qolingan, deyiladi ma'lumotda. 

Top