Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurafshonda o‘g‘irlik sodir etgan shaxs tergov yo‘li bilan aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Dreamstime
2020 yilning 6 avgust kuni soat 09:00da noma'lum shaxs o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent viloyati Nurafshon shahar Ma'rifat mahallasidagi 29 yoshli N.S.ning (ayol) xonadoniga kirish eshigini ochiqligidan foydalanib, ushbu xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u uy ichidan 30.599.000 so‘m va 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarini o‘g‘irlab hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida ushbu jinoyatni 31 yoshli A.N. sodir etganligi aniqlangan va gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:58 / 13.01.2026
“Avvaliga o‘ldirishadi deb qo‘rqdim, keyin o‘rganib qoldim” – Uychida o‘g‘irlab ketilib, 4 kun ushlab turilgan yigit hikoyasi
09:37 / 08.12.2025
Nigeriya: jangari guruh qo‘lidan 100 nafar maktab o‘quvchisi qutqarildi
19:56 / 07.12.2025
Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi
12:02 / 22.10.2025