Shuhrat G‘aniyev Senat a'zoligidan chiqarildi
Shuhrat G‘aniyev Oliy Majlis Senati a'zolari ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
MSK qarorida aytilishicha, Oliy Majlis Senati a'zosi Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi PF-6069-son farmoniga asosan O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlanganligi munosabati bilan u Oliy Majlis Senati a'zolari ro‘yxatidan chiqarilgan deb hisoblanadi.
Qaror Oliy Majlis Senatiga hamda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga yuborilgani aytiladi.
Shuhrat G‘aniyev 2011-2012 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan, 2012 yildan buyon Farg‘ona viloyati hokimi sifatida ishlagan.
U 2020 yil fevralidan buyon bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab, sentabr oyida koronavirus oqibatida vafot etgan O‘ktam Barnoyev o‘rnini egalladi.
25 sentabr kuni Qonunchilik palatasi deputatlari bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat G‘aniyev nomzodini ma'qulladi, 29 sentabr kuni prezident Shuhrat G‘aniyevni bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tasdiqladi.
Mavzuga oid
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024
Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024