Prezident farmoni bilan Şuhrat Madaminoviç Ğaniyev boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tasdiqlandi. 

Şuhrat Ğaniyev 2011-2012 yillarda Farğona viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi bölgan, 2012 yildan buyon Farğona viloyati hokimi sifatida işlagan.

U endi 2020 yil fevralidan buyon boş vazir örinbosari lavozimida işlab, sentabr oyida koronavirus oqibatida vafot etgan Öktam Barnoyev örnini egalladi.

25 sentabr kuni Qonunçilik palatasi deputatlari Boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga Şuhrat Ğaniyev nomzodini ma'qullagandi.