Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ishlari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Farrux Omonov Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari sifatida ish boshladi.
Agentlik matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirovning Kun.uz’ga tasdiqlashicha, Farrux Farxodjonovich Omonov hukumatning kecha, 30 oktyabrdagi qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan.
Farrux Omonov shu paytga qadar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining tadbirkorlik, axborot texnologiyalari va xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Omonovning feysbuk sahifasida uning 1988 yilda tug‘ilgani, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi ekanligi ko‘rsatilgan.
U bunga qadar O‘zbekiston Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasida ham qator vazifalarda faoliyat olib borgan.
Farrux Omonov Yoshlar ishlari agentligi direktorining tartib bo‘yicha uchinchi o‘rinbosari hisoblanadi. Prezidentning «Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida ko‘rsatilgan tashkiliy tuzilma bo‘yicha agentlik direktori Alisher Sa'dullayevga hali yana bir o‘rinbosar tayinlanishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:45 / 15.10.2025
O‘zbekiston yashil tashabbuslarga yiliga 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ sarflaydi
19:37 / 09.10.2025
Yoshlarning «Yashil tashabbuslar»i qo‘llab-quvvatlanadi
18:10 / 29.08.2025
Davlat tomonidan o‘quv markazida o‘qiyotgan yoshlarning xalqaro musobaqa xarajatlari qoplab berilishi mumkin
21:02 / 17.05.2025