Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi
Qarshi shahrining Navo mahallasida 7ta 16 qavatli uy qurilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur turar joylarni ko‘zdan kechirdi.
Bu hududda jami 39ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, besh bosqichda amalga oshiriladi.
«Ayni paytda, birinchi bosqichda 3ta turar joy qurib bitkazilgan. Bunyodkorlikda seysmologiya va arxitektura talablariga alohida e'tibor qaratilgan. Sifatli, energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Xonadonlarning har biriga alohida suv isitish moslamalari o‘rnatilgan.
Davlatimiz rahbari uylarning qurilish texnologiyasi va sifatiga e'tibor qaratdi. Yong‘in xavfsizligini, kommunal xizmatlar barqarorligini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Hudud obodonlashtirilgan, bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Yana 4ta ko‘p qavatli uyni kelgusi yil mart oyida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.
Shuningdek, 1680 o‘rinli maktab, 2ta maktabgacha ta'lim muassasasi, poliklinika, supermarket, sport maydonlari, istirohat bog‘i va boshqa obektlar barpo etiladi.
Bu yerda avtomobil yo‘llari qurish va ta'mirlash, Qarshi shahrida isitish, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti o‘tkazildi.






Shu bilan prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari yakunlandi.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025