Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi
O‘zbekistonda 3ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Manpower consult group”, “Unistaff”, “Karmada Recruiting and Consulting” xususiy bandlik agentliklariga O‘zbekistondan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyalarining amal qilishi bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonunining 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi qonunining 20-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom»ning 49-bandiga muvofiq ushbu xususiy bandlik agentliklarining litsenziyalarini bekor qilinishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025
Qurilish qoidalarini buzgani uchun «Dream House Design» MChJning litsenziyasi bekor qilindi
09:03 / 16.10.2025
Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi
20:55 / 29.08.2025