O‘zbekiston | 18:38 / 24.11.2020
5386
3 daqiqa o‘qiladi

Mehnat vazirligi 20ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi vaqtincha to‘xtatilganini ma'lum qildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida yetarli zaxira mablag‘larni shakllantirmagan xususiy bandlik agentliklari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 avgustdagi «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun xususiy bandlik agentliklari zaxira qilinadigan summa sarflangan taqdirda mablag‘larning o‘rnini to‘ldirish, shuningdek, litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda mablag‘ni qaytarish shartlari bilan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablag‘larni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxira qilib qo‘yilishi belgilangan.

Yuqoridagi qonun talabini bajarmagan quyidagi xususiy bandlik agentliklari faoliyatlari 2020 yilning 3 dekabriga qadar vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi:

  • «Mirai recruitment xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Euroasia Innovation xususiy bandlik agentligi» MChJ QK
  • «Avangard Personal xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Vodiy HR xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Profit4you Europe xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Global hansung recruiting xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Kontinent himoya xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «DAWAMLI SATLI IS xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Status777 xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «United aim xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Jyonan-staff bank xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Xususiy bandlik agentligi manpower» MChJ QK
  • «Migration-consulting agency xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Global resources xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Migo overseas consulting xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Bek jobs xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Buyuk gallaktika franchayzing kompaniyasi xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Full employment xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Jinzai consulting development xususiy bandlik agentligi» MChJ
  • «Xususiy bandlik agentligi yuuki masaru» MChJ

Avvalroq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov endilikda xususiy bandlik agentliklari yangi tartib bo‘yicha ish faoliyatini davom ettirishini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid