Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB do‘konlar rahbarlariga iltimos bilan chiqdi
Toshkent shahar IIBB poytaxtdagi ko‘ngilochar-savdo markazlari, do‘konlar va boshqa muassasalar rahbarlariga murojaat bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 7 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobilda qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bola uni harakatga keltirib, do‘konga to‘qnashishi bilan bog‘liq hodisa tezkor tartibda xavfsizlikni ta'minlash choralari qo‘llanishini talab etgan.
“Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati sizdan avtoturargoh va savdo markazi (do‘kon) binosi orasida maxsus cheklov moslamalari o‘rnatishingizni iltimos qiladi”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, mazkur chora yuqoridagi kabi hodisalarning oldini olish uchun zarurdir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvar kuni Toshkentda 8 yoshli bola Lacetti avtomobilida Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasu-6 dahasida joylashgan "Makro" supermarketiga kirib ketdi.
Mavzuga oid
09:00 / 01.12.2025
Yashnobod tumanidagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
10:07 / 04.09.2025
Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi
13:27 / 02.09.2025
IIB Navoiyda kaltaklangan fuqaro bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritdi
12:23 / 23.07.2025