Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi-Angren IESda sodir bo‘lgan portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Bugun, 20 yanvar kuni, soat 11:42da Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining portlashi sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, rejali xizmat ko‘rsatish paytida sodir bo‘lgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan.
Vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat ko‘rsatish xodimlari bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Portlashning kelib chiqish sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.
Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ma'lumot kelib tushishi bilan rasmiy resurslar orqali e'lon qilinishini bildirdi.
Mavzuga oid
09:50
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
21:40 / 03.12.2025
“Yong‘in payti oshxonada odam ko‘p edi” – Gulistondagi portlash joyidan reportaj
17:48 / 03.12.2025