Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Olot temiryo‘l qatnovi qayta tiklandi
Bugun, 25 yanvar kunidan boshlab «Toshkent-Olot-Toshkent» yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, qatnovlar haftasiga 4 marotaba amalga oshiriladi.
Xususan, dushanba, seshanba, payshanba hamda juma kunlari Toshkent-Olot yo‘nalishida, 26 yanvardan haftaning seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari Olot-Toshkent yo‘nalishida qatnovlar boshlanadi.
Shuningdek, 3-4 fevral kunlari Toshkent-Shovot-Toshkent yo‘nalishida 58/57-sonli poyezdlarning qatnovi haftasiga 3 marotaba yo‘lga qo‘yiladi.
Jumladan, haftaning chorshanba, shanba va yakshanba kunlari Toshkent-Shovot yo‘nalishida 58-sonli, payshanba, yakshanba va dushanba kunlari esa Shovot–Toshkent yo‘nalishida 57–sonli poyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsata boshlaydi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
18:08 / 24.12.2025
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi
22:20 / 02.12.2024
«Toshkent - Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi
18:34 / 07.10.2024