Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvar oyida 1 foizlik inflatsiya qayd etildi
2021 yilning ilk oyida O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga qimmatlashdi. Xizmatlar narxi esa 1,4 foizga ko‘tarildi.
Foto: Fotolia
2021 yil yanvar oyida O‘zbekiston iste'mol bozoridagi inflatsiya darajasi 1 foizni tashkil etdi, deb ma'lum qildi Davlat statistika qo‘mitasi.
O‘tgan yilning yanvar oyi bilan taqqoslaganda, so‘nggi bir yilda iste'mol sektorida narxlar 11,6 foizga oshgan.
2021 yilning ilk oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar esa 1,4 foizga qimmatlagan.
Oziq-ovqat mahsulotlari guruhida bulg‘or qalampiri va uzum (8,6 foiz) hamda anor (8,2 foiz) narxlari sezilarli ko‘tarilgan.
Go‘sht mahsulotlari 0,8 foizga, sut mahsulotlari va tuxum 1 foizga, yog‘ va moy mahsulotlari 1,5 foizga, pomidor 3,4 foizga, kartoshka 2,3 foizga, piyoz 2,2 foizga, oliy navli un 1,4 foizga, makaron mahsulotlari 0,9 foizga qimmatlashgan.
Izohlanishicha, narxlar oshishi asosan mavsumiy omillar bilan bog‘liq.
- Eslatib o‘tamiz, 2020 yil davomida inflatsiya ko‘rsatkichi 11,1 foiz bo‘lgani qayd etildi. O‘tgan yili oziq-ovqat mahsulotlari narxi 15,3 foizga ko‘tarildi.
- 1 fevraldan boshlab budjet tashkilotlarida oyliklar, talabalar stipendiyalari va jarimalar miqdori 10 foizga ko‘tarildi.
- Markaziy bank 2021 yilda inflatsiya darajasi 9–10 foiz bo‘lishini prognoz qilgan.
- Hukumat 2022 yilda 10–11 foizlik, 2023 yilda esa 7–8 foizlik inflatsiyani mo‘ljal qilmoqda. Markaziy bank esa 2023 yilga borib 5 foizlik targetga erishishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
20:14 / 25.12.2025
Dekabr oyi boshidan beri propan 10 foizga qimmatlashdi
09:40 / 24.12.2025
AQSh iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sib, prognozlardan oshdi
11:24 / 01.12.2025
Noyabr oyi: iste’mol narxlari o‘sdi, biroq inflatsiya bosimi susaymoqda
09:18 / 19.11.2025