Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Mercedes-Benz ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi
Bugun, 5 mart kuni taxminan soat 09:30da Yakkasaroy tumani Bog‘ishamol ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 22 yoshli D.R. “Mercedes-Benz” rusumli avtomobilni boshqarish davomida piyodalar, 41 yoshli G.D. va 58 yoshli X.M.ni urib yuborib, so‘ng 33 yoshli I.K. boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobiliga to‘qnashgan. YTH sabablari aniqlanayotgani aytilgan.
YTH oqibatida 41 yoshli G.D.ga badan shikastlari yetgan. 58 yoshli X.M. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
21:19
Li 9 va BYD to‘qnashuvi: Toshkent sudlari yana shov-shuvli ish markazida
11:25
Toshkent ko‘chalariga panjaralar qaytyapti. Ular xavfli bo‘lgani uchun olib tashlangandi
08:33
OAV: YTHdan keyin Adam Qodirovning talog‘i olib tashlangan
15:29 / 12.02.2026