Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkentda binoning bir qismi maxsus ishchi xodimlar tomonidan qulatildi
Toshkent shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan baland binoning bir qismi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi video yuzasidan rasmiy ma'lumot berib, bu holatda rejali buzish ishlari amalga oshirilganini ma'lum qildi.
«Bugun, 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko‘chalaridan birida binoning bir qismi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi.
Aslida, ushbu holat Toshkent shahar Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chasida joylashgan sobiq «Aurum» restorani joylashgan binoni rejali buzish ishlari aks etgan tasvirlardir», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Ma'lum qilinishicha, ushbu joyda ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlar barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda devor bilan o‘rab olinib buzish ishlari amalga oshirilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni soat 17:10da Jizzax shahridagi «Zilol» mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan biri qulab tushgan edi.
Mavzuga oid
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026
Toshkentda kattalar uchun hospis ochiladi
13:53 / 10.01.2026
Toshkentda tungi reyd: avtomashina yo‘lovchisidan shubhali modda topildi
12:00 / 10.01.2026