Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST bir guruh amerikaliklarga qarshi sudda yutib chiqdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bir guruh amerikaliklarga qarshi sud ishida yutib chiqdi. Avvalroq amerikaliklar JSSTni koronavirus pandemiyasiga javob berishda mas'uliyatsiz qilishda ayblagandi.
Foto: Reuters
Reuters axborot agentligining xabar berishicha, AQShdagi sud Nyu-York shtatining Uestchester okrugida yashovchi 7 kishining JSST ustidan sudga bergan da'vo arizasini qondirishni rad etgan.
AQSh okrug sudyasi Keti Seybel JSST 1948 yildagi konstitutsiyasi va xalqaro tashkilotning immuniteti haqidagi qonunga ko‘ra jamoaviy arznomadan immunitetga ega ekanligini ma'lum qilgan.
Arz qiluvchilar – koronavirusga chalingan shifokor va 6 nafar mahalliy fuqaro JSST koronavirus epidemiyasi boshida kasallanishlar sonini kamaytirib ko‘rsatgani va global javob choralarini tezkorlik bilan ko‘rmagani, buning oqibatida esa yuz minglab odamlarga zarar yetkazilganini vaj qilib, xalqaro tashkilotdan tovon puli talab qilgan.
Sud chiqargan qarorga ko‘ra, arznomada JSST epidemiya boshida xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarga muvofiq o‘zining vazifalarini bajara olmagani va samarali boshqaruvni ta'minlay olmagani haqida umumiy va noaniq da'volar keltirilgan.
Mavzuga oid
03:54
Tramp Putin yolg‘onchilikda ayblangan maqolani repost qildi
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
09:21 / 31.12.2025
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025