Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yaponiyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Yaponiyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatmoqda. Bu koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq, deyiladi “Uzbekistan Airways” aviakompaniya ma'lumotida.
Qayd etilishicha, bu qaror respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi. “Uzbekistan Airways”ning Yaponiyaga parvozlari ushbu mamlakatda sanitariya-epidemiologik holat yaxshilanmagunga qadar bekor qilindi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida parvozlarni qisman tiklash 2022 yil bahor-yozgi navigatsiya davrida rejalashtirilgan. Shu bilan birga, mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan keyingina muntazam parvozlarni tiklash mo‘ljallangan.
2015 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 500dan ortiq reyslar amalga oshirilgan hamda ushbu davrda o‘z manziliga yetkazilgan yo‘lovchilar soni 72 ming kishidan oshgan. 2020 yilda mamlakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnov pandemiya sababli to‘xtatildi.
Avvalroq, O‘zbekiston Hindiston va Turkiyaga qatnovlar uchun vaqtinchalik cheklov o‘rnatgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:35 / 11.02.2026
Toshkentga uchgan samolyotlar Samarqand va Bishkekka qo‘nishga majbur bo‘ldi
08:40 / 09.02.2026
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026
Yaponiya bosh vazirining hukmron bloki saylovda g‘alaba qozondi
15:10 / 03.02.2026