Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YTH oqibatida “Sobalt” yo‘lovchisi vafot etdi
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Joriy yilning 15 may kuni Dang‘ara tumanida fuqaro H.Q. “Sobalt” avtomashinasini “Chinobod” MFY hududida boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Q.J. boshqaruvidagi “Zil” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Qayd qilinishicha, YTH oqibatida “Sobalt” yo‘lovchisi K.G‘. hodisa joyida vafot etgan. Boshqa bir yo‘lovchi T.U. va yo‘l chetida bo‘lgan piyoda B.B. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Farg‘ona viloyatida bir hafta ichida 20 kishi YTH qurboni bo‘lib, 18 kishi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
15:41 / 16.12.2025
«Qo‘qonlik tabib» yana sudga berildi
08:30 / 06.12.2025
Farg‘onada kadastr inspektori va davlat muassasasi mas’ullari pora bilan ushlandi
08:20 / 29.11.2025
Farg‘onada giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi
15:25 / 25.11.2025