Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Kamala Harris bilan uchrashishi mumkin
O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchisi Javlon Vahobov va AQSh vitse-prezidentining maxsus maslahatchisi Liza Soyyer o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris o‘rtasida uchrashuv o‘tkazishning istiqbollari muhokama qilindi.

«Dunyo» axborot agentligining ma'lum qilishicha, bo‘lajak uchrashuvda gender tenglikni rag‘batlantirish, Afg‘onistondagi ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish kun tartibining asosiy mavzusiga aylanishi kutilmoqda.
Uchrashuvda AQSh tomoni O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish borasida qilinayotgan ishlarni yuqori baholagan hamda xotin-qizlar tadbirkorligi va ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston, AQSh va Afg‘oniston uch tomonlama ayollar biznes-forumini o‘tkazish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, muzokaralar davomida Oq uyning COVID-19ga qarshi kurashish maqsadida boshqa mamlakatlarni 80 millionga yaqin AstraZeneca, Pfizer, Moderna va Johnson & Johnson preparatlari bilan ta'minlash rejasi doirasida O‘zbekistonga ham vaksina ajratilishi bilan bog‘liq masala muhokama etildi.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
19:12 / 24.11.2025
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
19:25 / 14.11.2025
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo Assambleya majlisida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:03 / 05.11.2025