Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda vagondan ruda toshlarini o‘g‘irlayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida vagondan ruda toshlarini o‘g‘irlayotgan shaxs IIB xodimiga qarshilik ko‘rsatib, unga jarohat yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 iyun kuni Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharchasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.O. «Ziyovuddin» temir yo‘l bekatida yuk vagoniga chiqib, ruda toshlarini o‘g‘irlayotganda, holatni shu yerda xizmat olib borayotgan kichik serjant K.Rasulov ko‘rib qolib, A.O.ni to‘xtatgan.
Shundan so‘ng A.O. IIB xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, kichik serjant K.Rasulovga tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Huquqbuzar Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Surishtiruv davomida mazkur shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 140-moddasi 1-qismi, 277-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 1-qismi bilan sudlangani aniqlangan.
Mavzuga oid
09:37 / 08.12.2025
Nigeriya: jangari guruh qo‘lidan 100 nafar maktab o‘quvchisi qutqarildi
12:02 / 22.10.2025
Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati ma’lum qilindi
15:08 / 20.10.2025
«Atigi 7 daqiqada va bezbetlarcha» – Luvr muzeyidan «bebaho» zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
00:43 / 20.10.2025