O‘zbekiston | 07:54 / 05.07.2021
2408
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda anomal ob-havo tufayli maxsus boshqaruv shtabi tuzildi

Foto: KUN.UZ

«O‘zgidromet»ga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 6—8 iyul kunlari issiq havo massalarining kirib kelishi tufayli ob-havoning keskin isishi kuzatiladi. Ushbu murakkab vaziyatga tayyor turish maqsadida Sirdaryo viloyatida maxsus boshqaruv shtabi tuzildi. Bu haqda viloyat hokimligi tomonidan ma'lum qilindi.

Maxsus boshqaruv shtabi tomonidan aholi gavjum joylarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vaqtinchalik tibbiyot punktlari tashkil etilib, koyka-o‘rinlar va dori vositalari zaxirasi yetarli miqdorda shakllantiriladi.

Shuningdek, oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanishning oldini olish, umumiy ovqatlanish muassasalarida ovqatlarni tayyorlash va saqlash qoidalariga qat'iy rioya etishni nazorat qilish, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlash vazifasi topshirildi.

Qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga ekinlarni va hosilni saqlab qolish chorasini ko‘rish, FVBga daryo, ko‘llar, aholi dam olish maskanlarida xavfsizlikni kuchaytirish vazifasi topshirildi.

Mavzuga oid