O‘zbekiston | 11:08 / 30.07.2021
2287
2 daqiqa o‘qiladi

Shahrixon tumanida yer maydonining bir qismini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi

U o‘zi uchun ajratilgan yer maydonining bir qismini boshqa fuqaroga sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, fuqaro Q.J. o‘ziga issiqxona qurish uchun ajratilgan 30 sotix yer maydonining 4 sotixini fuqaro D.ga uy-joy qurish uchun vakolatli tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga uning 2 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan, shuningdek tekshiruv jarayonida Q.J. o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so‘mni o‘z ixtiyori bilan taqdim qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Andijonda 20 000 AQSh dollariga baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun yer olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlanganligi xabar qilingan edi.

Mavzuga oid